Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi maktablarning birida o`quvchini maktab devori bosib qolgani, maktab ma`muriyati mazkur o`quvchi o`limini yashirishga uringani haqida xabarlar tarqalgan.
Toshkent shahar Xalq ta`limi bosh boshqarmasi Matbuot xizmatining ta`kidlashicha, voqea joriy yilning mart oyida Toshkent shahri Olmazor tumani 234-sonli maktabda sodir bo`lgan.
️Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan ayni paytda tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda. Bu haqda keyinroq batafsil axborot beramiz, deyiladi munosabatda.






