Tayvan atrofidagi vaziyat bo`yicha O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligining munosabati e`lon qilindi.
Unga ko`ra, Tayvan bilan bog`liq vaziyatning rivojlanishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yuzaga kelgan keskinlikning tezda bartaraf etilishiga umid bildiradi.
O`zbekiston xalqaro huquqning umume`tirof etilgan me`yorlari va tamoyillariga muvofiq, “yagona Xitoy” siyosatini, bu mamlakatning suvereniteti va hududiy yaxlitligini izchil qo`llab- quvvatlaydi.
Eslatib o`tamiz, 2 avgust kuni AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Amerika siyosiy tizimidagi uchinchi shaxs Tayvanga keldi. Ma`lumot uchun: Kongress quyi palatasi spikeri 1997 yildan beri Tayvanga kelmagan. Pelosi Tayvan parlamentiga tashrif buyurdi va orolning ijrochi direktori Say Inven bilan uchrashdi va u Pelosiga faxriy orden topshirdi. Pelosining Tayvanga tashrifi Xitoy rasmiylarini g`azablantirdi. Ular Tayvan yaqinida harbiy mashg`ulotlarni boshlab yubordilar.
Mashqlar paytida Xitoy hukumati Tayvanga parvozlarni chekladi. Taqiq orol atrofidagi oltita zonaga tegishli. Bundan tashqari, Xitoy Tayvanga qum etkazib berishni ham to`xtatdi va Tayvan mahsulotlarining ayrimlarini import qilishni taqiqladi.