AsosiyJamiyat

Shifokorlar uchun internaturaga qabul e`lon qilindi

'Shifokorlar uchun internaturaga qabul e`lon qilindi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirining tegishli buyrug`i bilan  Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarda ehtiyoj yuqori bo`lgan tor mutaxassisliklar bo`yicha shifokorlarni bir yildan kam bo`lmagan muddatda birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura)ga qabul parametrlari tasdiqlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Buyruqqa ko`ra, 2022/2023 o`quv yili qabulida hujjat topshiruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ro`yxatdan o`tish jarayoni onlayn tarzda – tashkilotlarning rasmiy veb-saytlari orqali 25 avgust – 10 sentyabr kunlari (shu kuni ham) amalga oshiriladi.  

Internaturaga kirish uchun tanlovda ishtirok etuvchi har bir shifokorga uning hujjatlari qabul qilinganligi va test sinovlari muddati ko`rsatilgan ma`lumotnoma qabul komissiyasi tomonidan beriladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar sog`liqni saqlash boshqarmalari boshliqlariga ajratilgan qabul rejasi doirasida tumanlar ehtiyojidan kelib chiqqan holda umumiy amaliyot shifokorlarini tanlovda ishtirok etish uchun jalb qilish vazifasi yuklatildi.

Joriy yilda internaturaga  jami 540 ta davlat grantlari asosidagi maqsadli qabul o`rinlari ajratilgan bo`lib, ularga 20 turdagi ixtisoslik bo`yicha mutaxassislar qabul qilinadi.

2022/2023 o`quv yilida birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari(internatura)da  o`quv jarayoni joriy yilning 19 sentyabr sanasidan boshlanadi. 

    Boshqa yangiliklar