AsosiyJamiyat

Oiladagi tazyiq va zo`ravonlikning oldini olish uchun... Yana bir Qonun ma`qullanmadi

'Oiladagi tazyiq va zo`ravonlikning oldini olish uchun... Yana bir Qonun ma`qullanmadi'ning rasmi

Senatning yigirma to`qqizinchi yalpi majlisida “O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 2061-moddasiga o`zgartish kiritish haqida”gi Qonun ko`rib chiqildi.

Muhokamada Qonunni ishlab chiqishda davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, aholining daromadlari, ularning ijtimoiy-psixologik holati, shuningdek, oilalarni saqlab qolish bo`yicha amalga oshirilayotgan islohotlar hamda xalqaro tashkilotlarning takliflari inobatga olinmaganligi senatorlar tomonidan ta`kidlandi.

Xususan, xotin-qizlarga nisbatan zo`ravonlik masalalari bo`yicha qonunchilikni ishlab chiqishga doir BMT tavsiyalarida oiladagi zo`ravonlik sodir etganlikda ayblangan shaxslarga jarima solishni jabrlanuvchiga tushadigan yuk sifatida qarash va shuning uchun huquqbuzarlar uchun nomaqbul jazo turi sifatida qarash kerakligi nazarda tutilgan.

BMTning Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarga barham berish qo`mitasi O`zbekistonning 6-davriy hisoboti bo`yicha yakuniy tavsiyalarida himoya ko`rsatmalarini bajarmaganlik uchun tegishli tiyib turuvchi jazo choralarini qo`llash kerakligi ta`kidlangan.

Shuningdek, “Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish to`g`risidagi konvensiyasi”ning 35-tavsiyasida himoya choralarini qo`llash zo`ravonlikdan jabrlangan yoki zo`ravonlik natijasida jabrlangan xotin-qizlarga moliyaviy, byurokratik yoki shaxsiy xususiyatga ega haddan ortiq yukni qo`llashni nazarda tutmasligi bayon etilgan.

Bu esa, o`z navbatida O`zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi ko`rsatkichlariga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin.

Yuqoridagilarga asoslanib, senatorlar tomonidan “O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 2061-moddasiga o`zgartish kiritish haqida”gi Qonunni rad qilish to`g`risida qaror qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar