“O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o`z kuchini yo`qotgan deb topish to`g`risida”gi Qonun (O`RQ–786-son, 03.08.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi
Qonun bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to`g`risidagi qonunchilikni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming so`mdan 1,5 mln so`mgacha) jarima solishga sabab bo`lishi belgilandi.
Mazkur huquqbuzarliklar yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mansabdor shaxslari ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risida bayonnoma tuzadi.
“Advokatura to`g`risida”gi Qonunda advokatlar iqtisodiy, fuqarolik va ma`muriy ish yuritilayotganda davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan ekspertiza o`tkazilishini so`rash huquqiga ega ekanligi belgilandi.
Shuningdek, advokat ekspertiza xulosasini ish materiallariga qo`shib qo`yilishini va sud tomonidan ushbu xulosa ishdagi mavjud dalillar bilan birgalikda baholanishini talab qilishi mumkin.
Sud ekspertlik faoliyati bilan nodavlat tashkilotlar shug`ullanishiga ruxsat berilganligi munosabati bilan Fuqarolik prosessual kodeksi va Ma`muriy sud ishlarini yuritish to`g`risidagi kodeksga nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tushunchasi kiritildi.