Mamlakat o`z elchilarini Evropadan chaqirtirib olmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib Zamon.uz' nashri xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, bunga Xitoy armiyasining Tayvan atrafida harbiy mashg`ulot o`tkazilishi ortidan G7 davlatlari va Evroittifoq tanqidiy bayonot bilan chiqshi sabab bo`lgan. Rasmiy Pekin ularga “Xitoyning ichki ishlariga aralashish” deya norozilik bildirgan.
“Pelosining Tayvanga tashrifi ochiqdan-ochiq siyosiy hiyla-nayrang va Xitoy suverenitetini qo`pol buzishdir. Tayvan AQSh provokasiyasiga javoban Xitoyning qarshi hujumi tabiiydir”, — deydi mamlakat tashqi ishlar vaziri o`rinbosari.
Elchilar bilan uchrashuv 4 avgust kuni kechqurun bo`lib o`tgan, biroq vazirlik unda qaysi davlatlar ishtirok etganiga aniqlik kiritmagan. Xitoy G7 e`loniga norozilik sifatida Yaponiya bilan muzokaralarni bekor qildi.
Tayvan Mudofaa vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, juma kuni ertalab Xitoy harbiy kemalari Tayvan bo`g`ozidagi orol va Xitoy o`rtasidagi norasmiy zonadan o`tgan.