Koson tuman Pistali mahallasida yashovchi fuqarolar Berdiyorov Husan va Boboqulova Sadoqat 6 nafar farzandli bo`lganliklaridan so`ng rasman nikohdan o`tishdi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, shu vaqtga qadar hatto farzandlariga ham tug`ilganlik guvohnimasini olishmagan edi. Sayyor qabullar jarayonida aniqlangan bu holat Koson tuman FHDY bo`limi tomonidan tez orada bartaraf etildi, Ularning farzandlariga ham hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
"Xujjatlarim yo`qligidan ilgari uyalardim, birovga ayta olmasdim, Hujjat olish judayam murakkab jarayon deb hisoblardim. FHDY xodimlari mahallamga borgandan so`ng xavotirim so`ndi, juda xursand bo`ldim. Rasman O`zbekiston fuqarosi ekanligimga xaliyam ishonmayman", - deydi Sadoqat Boboqulova






