Ukrainada Rossiyaning jami 765 million dollarlik aktivlari musodara qilindi. Bu haqda Vladimir Zelenskiy ma`lum qildi, deya yozdi "Zamon.uz".
"Bugun sanksiyalar siyosati va Rossiya aktivlari musodarasi bo`yicha yig`ilish o`tkazdim. Amaldorlarning ma`lum qilishicha, Hozirning o`zida 28 milliard grivna (765 million AQSh dollari)ga teng mulklar tortib olingan. Bu jarayon davom etmoqda", — degan Ukraina etakchisi.
Uning qo`shimcha qilishicha, yana RFga tegishli yana 900 ob`ekt musodara qilinadi. Nafaqat davlatga, balki, rossiyaliklarga tegishli mulkni qo`shib hisoblaganda tortib olinadigan aktivlar soni 36 mingni tashkil etishi qayd etilgan.
Avvalroq Polsha bosh vaziri Rossiyaga tegishli barcha mulklarni musodara etishni taklif qilgandi.