1

Rasman: 2026 yilgi shaxmat olimpiadasi O`zbekistonda o`tkaziladi

Sport 08.08.2022, 13:14
Rasman: 2026 yilgi shaxmat olimpiadasi O`zbekistonda o`tkaziladi

Avval xabar qilganimizdek, Ayni kunlarda FIDE Kongressi doirasida komissiya yig`ilishlari bo`lib o`tmoqda.

Mazkur tadbir doirasida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonligi uchun tanlov tashkillashtirilmoqda. Unda O`zbekiston, Polsha hamda Zambiya davlatlari nomzod sifatida ishtirok etish uchun ariza topshirgan. Biroq Polsha va Zambiya tomonidan hukumat kafolat xatlari taqdim etilmaganligi bois ular so`nggi bosqichda ishtirok eta olishmaydi.  

Ayni paytda ma`lum qilinishicha, 2026 yilgi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun o`tkazilgan tenderda O`zbekiston g`olib bo`ldi. Bu haqda Shaxmat federasiyasi raisi Alisher Sa`dullaev xabar qildi. 

Qayd etilishicha, Er yuzining barcha mamlakatlaridan kelgan delegatlar O`zbekiston nomzodligini bir ovozdan qo`llab-quvvatlashdi.

4 yildan so`ng muhtasham olimpiada uchun sayyoraning intellektuallari O`zbekistonda jam bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1