1

Tokentda daraxtlar shikastlanishi ortidan Chilozor tumani hokimi va prokurori ishdan olindi, Toshkent shahar hokimi va prokurori jazonlandi

Jamiyat 08.08.2022, 22:56
Tokentda daraxtlar shikastlanishi ortidan Chilozor tumani hokimi va prokurori ishdan olindi, Toshkent shahar hokimi va prokurori jazonlandi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Chilonzor tumani hududida 99 tup daraxtning ildizi shikastlangani haqida xabarlar tarqalgan edi

Voqeadan bir muddat o`tib ushbu vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar hokimi voqea joyiga tashrif buyurgandi. Shuningdek, Jahongir Ortiqxo`jaev tomonidan mas`ullarga loyihadagi olti chiziqli avtomobil yo`li o`rniga to`rt chiziqli avtomobil yo`lini qoldirish, ortib qolgan joyni esa yashil hududga aylantirish topshirig`i berilgandi.

Ayni damda Sherzod Asadovning ma`lum qilishicha, Prezident Administrasiyasi rahbari Sardor Umurzakov boshchiligida bugun o`tkazilgan selektor yig`ilishida kuni kecha Toshkent shahrida ro`y bergan va aholining keskin noroziligiga sabab bo`lgan daraxtlarning nobud qilinishi masalasi qattiq tanqid ostiga olindi.

Mas`uliyatsizlikka yo`l qo`ygani uchun poytaxt hokimi va prokuroriga qattiq hayfsan berildi.

Prezident topshirig`iga asosan Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi Sh.Mavlonov va prokurori I.Bozorov lavozimidan ozod etildi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1