Sevimli

Buxoroda 60 daraja issiqda bug`doyzor shiyponiga tashlab ketilgan 9 oylik bolaning onasi topildi

Jamiyat 09.08.2022, 12:29
Buxoroda 60 daraja issiqda bug`doyzor shiyponiga tashlab ketilgan 9 oylik bolaning onasi topildi

Buxoroda 60 daraja issiqda bug`doyzor shiyponiga 9 oylik bola tashlab ketilgani haqida xabar bergan edik.

Shiypon G`ijduvon tumani “Ko`lijabbor” mahallasi “Ko`hna Nayman” qishlog`ida joylashgan “Shukur To`xta” fermer xo`jaligiga tegishli bo`lgan.

Buxoro viloyati IIB, hududiy ichki ishlar organlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor qidiruv va tergov harakatlari davomida chaqaloqning onasi topildi. 

Bolacha 2022 yil yanvar oyida tug`ilgan Narzullaeva Muslima ekanligi aniqlangan. Topilgan ona tergov organiga topshirilgan.

Hozirgi kunda G`ijduvon tumani IIB Tergov bo`limi tomonidan holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25/117-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishida shaxsning sha`ni, qadr qimmati va oilaviy sirlari bilan bog`liq holatlar mavjud bo`lganligi sababli tergov yakuni bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi, deyiladi viloyat IIB Axborot xizmati xabarida.

Sharhlar