1

Muddatidan avval tugatilgan janglar, o`zbek bokschilaridan tezkor nokautlar... Bugun "Humo arena"da katta boks oqshomi o`tkazildi

Sport 14.08.2022, 02:37
Muddatidan avval tugatilgan janglar, o`zbek bokschilaridan tezkor nokautlar...  Bugun "Humo arena"da katta boks oqshomi o`tkazildi

Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahridagi "Humo Arena"da katta boks kechasi bo`lib o`tdi.

Dastlab qirg`izistonlik bokschi  Dastanbek Imankaziev qozog`istonlik Nurim Dilshadga qarshi ringga ko`tarildi.

Jangda qozog`istonlik Nurim Dilshad uchinchi raundda g`alabaga erishdi.

Kechaning ikkinchi jangida esa ikki hamyurtimiz ringga ko`tarildi. Unda Farrux Arslonov Timur Abdurahmonovni 6 raundlik jangda ochkolar evaziga mag`lub etdi. 

Uchinchi jangda Abbosxon Yo`ldoshev Shohruxbek Kenjaevga qarshi 6 raundlik jang o`tkazdi. Hakamlar bir ovozdan Kenjaevning g`alabasini e`tirof etishdi. 

Mujibillo Tursunov professional boksdagi dastlabki jangida Rahmatillajon Sharifovga qarshi jang qildi va hakamlarning qarori bilan g`alaba qozondi.

Mirazizbek Mirzaxalilovning qirg`izistonlik raqibga qarshi 6 raundlik jangi esa uchinchi raunddan so`ng tugadi. Qirg`izistonlik Islom Torabaevning sekundantlari jangni davom ettirmaslikni ma`qul ko`rishdi.

Shahobiddin Zoirov va nikaragualik Jerson Larios jangi bor-yo`g`i 20 soniya davom etdi. O`zbekistonlik bokschi raqibini nokautga uchratdi. 

Braziliyalik bokschi, Tokio Olimpiadasi chempioni Ebert Konsesao professional ringdagi debyutida nikaragualik Danni Mendozaga qarshi jang qildi va ikkinchi raundda nokaut evaziga g`alaba qozondi.  

Kechaning markaziy jangida Fazliddin G`oibnazarov venesuelalik Eyder Parraga qarshi jangi xam uzoq davom etmadi. 10 raundga mo`ljallangan jang 38 soniya ichida yakunlandi. Fazliddin G`oibnazarov birinchi raunddayoq kuchli zarbasi bilan raqibini nokautga uchratdi. 

Oybek Shukurov

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1