1

Bolalarga beriladigan antibiotiklar keltirib chiqaradigan xastaliklar bo`yicha tadqiqot o`tkazildi

Salomatlik 14.08.2022, 11:41
Bolalarga beriladigan antibiotiklar keltirib chiqaradigan xastaliklar bo`yicha tadqiqot o`tkazildi

SSV Matbuot xizmatining xabar berishicha, yaqinda AQShning Rutgers va Nyu-York hamda Shveysariyaning Syurix universitetlari olimlari tomonidan qo`shma tadqiqot natijalari e`lon qilindi. 

Qayd etilishicha, kichik yoshli bemorlarda qo`llanilgan antibiotiklar ularning ovqat hazm qilish tizimida sog`lom bakteriyalar o`limiga sabab bo`ladi. Oqibatda jajji organizmda bora-bora astma va allergiya kasalliklari rivojlanishi xavfi yuzaga keladi. 

Tadqiqot mualliflari ilmiy xulosasini jonivorlarda sinovdan o`tkazdi. Tajriba davomida besh kunlik sichqonlarga antibakterial vositalar — azitromisin yoki amoksisillin berildi. 

Oradan ma`lum vaqt o`tib, ya`ni jonivorlar ulg`aygach, ularda immunitet reaksiyasi kuzatildi. Ya`ni bunday dori-darmonlarning kuchli allergiya xastaliklarini keltirib chiqarishi ma`lum bo`ldi. 

Olimlarning ta`kidlashicha, bu tadqiqot  antibiotiklardan foydalanishni cheklash yoki kelgusida ulardan butunlay voz kechish uchun yana bir muhim asos bo`lib xizmat qiladi. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1