"Ikki qishloq aholisi emas, ikki korxona vakillari"

Jamiyat 14.08.2022, 21:08
"Ikki qishloq aholisi emas, ikki korxona vakillari"

Dehqonobodda yuz bergan janjalga oydinlik kiritildi.

Bir muddat avval Qashqadaryoda ikki qishloq aholisi o`rtasida janjal yuzaga kelgani haqida xabar berilgan edi.

Ayni damda hokimlik sodir bo`lgan bu hodisaga aniqlik kiritmoqda.

Qayd etilishicha, janjal ikki qishloq aholisi o`rtasida emas, ikki korxona vakillari orasida sodir bo`lgan.  

“Nargiz-Sarvar” xususiy korxonasi ishchisi va Dehqonobod kavrakchilik klasteri xodimi o`rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Janjalga kovrak shirasini yig`ib olish bo`yicha berilgan kvotadagi anglashilmovchilik sabab bo`lgani aytiladi.

"Mazkur holat tuman IIB tomonidan o`rganilib, qonuniy to`xtamga kelish uchun dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda",-demoqda Dehqonobod tumani hokimligi.

Ma`lumot uchun, ayni paytda holat Ekologiya qo`mitasi, viloyat Ekologiya boshqarmasi va tuman bo`limi, tuman hokimligi, tuman prokuratura, adliya, tuman IIB, tuman qishloq xo`jaligi bo`limi, tuman mehnat va bandlik bo`limi, kadastr palatasining tuman filiali mas`ullari ishtirokida o`rganilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1