Taniqli og`ir atletikachimiz, Olimpiada chempioni Ruslan Nuriddinov chempionlikka erishgan musobaqalari sonini yana bittaga ko`paytirdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, Islom birdamligi o`yinlarida -109 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nuriddinov dast ko`tarishda 187 kg, siltab ko`tarishda 230 kg va ikki kurash bo`yicha 417 kg bilan o`yinlar rekordini o`rnatgan holda g`alabani tantana qildi va delegasiyamiz hisobiga 3 ta oltin medalni qo`shib qo`ydi.