1

Ozishning siz bilmagan 7 siri

SUG'DIYONA 08.08.2016, 10:56
Teglar: Ozish, Ayol
Ozishning siz bilmagan 7 siri

Ortiqcha vaznni yo`qotish uchun tutgan parhezlar kor qilmayapdimi? Biz sizga bu borada yordam beramiz. Biz turli parhez turlarini bilganimiz bilan, uning o`ziga yarasha sirlari bor. “Avitsenna.uz” sayti ana shu sirlar haqida ma`lumot berdi.

Birinchi sir: Nonushta

Ertalabki nonushtada voz kechish to`grimi? Parhezshunoslar saharliktaomni iste`mol qilish- qilmaslik borasida ko`p tortishgan. Bu bahslardan bir haqiqat tug`ilgan: yaxshi nonushta qilgan odam kun bo`yi ko`proq ovqat er ekan. xo`sh und anima qilish kerak? Nonushta paytida ortiqcha eb yubormang. Ertalabki nonushtaga bir bo`lak non bilan tvorog tanovvul qilsangiz etadi. Ozish uchun kun bo`yi qancha kaloriya iste`mol qilganingiz muhim, qachonligi emas.

Ikkinchi sir: Sabzavotlar

Sabzavot, sabzavot, sabzavot va yana sabzavot: shu to`grimi? Sabzavotdan boshqasiga ro`yxushlik bermaslik – eng noto`gri taktika! Chunki o`simliklarni iste`mol qilganingizdan 2 soat o`tgandan so`ng, organizmda och qolish hissi uyg`onadi. Oqsilga boy mahsulotlar (sut, go`sht, baliq) esa qorinni 4 soatgacha to`q tutadi. Bundan tashqari oqsil organism uchun foydali va nihoyatda zarur. Shuning uchun yog`siz go`sht yoki sut, kurka hamda tovuq go`shti yoki tvorog iste`mol qilishni kanda qilmang.

Uchinchi sir: Ichimliklar

Parhez qilayotgan odam qanday suyuqlik ichayotganiga ham e`tiborli bo`lishi kerak. Masalan, 1 stkan apelsin sharbatiga 120 kkal bor. Shunday ekan, limonad va mevali sharbatli suvlar o`rniga ko`proq oddiy yoki gazsiz suvlar ichgan ma`qul.

To`rtinchi sir: Olma

Olma yordamida ozmoqchi bo`lsangiz, och qolasiz. Shirin olmalar esa qonda insulin va qand miqdorini oshiradi. So`ng ularni keskin tushib ketishi oqibatida qorin tatalab ketadi. Yaxshisi, siz olma o`rniga oqsilga boy yogurt yoki barra bodiring eganingiz ma`qul.

Beshinchi sir: Tarozi

«Meni bir o`lchangchi!» ozayotgan odam taroziga chiqayotganda paydo bo`ladigan raqamlarni ilhak kutadi. Avvaliga ular kamaygan bo`lsa, keyinchalik tarozi strelkasi bir nuqtada uzoq turib qoladi. Chunki organizm bu vaqtda parhezga ko`nikayotgan bo`ladi. Xo`sh unda nima qilish kerak? Ovqatlanish ritmini buzmagan holda, jismoniy yuklamalarni ko`paytiring: suzing, raqs tushing, yuguring. Hadeb taroziga chiqavermangda, santimetrni olib, bo`ksa va belingizni o`lchang. Natija aynan shu a`zolarda bilinadi.

Oltinchi sir: Kamroq eng!

«Birinchisiga nima esam ekan?» degan narsa sizga yod bo`lishi kerak. Agar birinchisiga suyuq ovqat ichsam, ikkinchisiga kamroq ovqat eyman, deb o`yliysizmi? Bu noto`gri. Suyuq ovqat juda tez hasm bo`lgani uchun, me`dani to`q tutmaydi. Sho`rvani o`rniga suyuq ovqat eng, qanchalik quyuq ovqat esangiz, uzoqroq muddat och qolmaysiz. Natijada ko`p ovqat emaysiz.

Ettinchi sir: Uyqu

Uyquchilar ortiqcha yog`dan boshqalarga nisbatan tezroq halos bo`lishadi. Ammo ozish vaqtida hammadagidek kechadi. Kam uxlaydiganlarda esa mushak massasi qisqaradi. Buning uchun nima qilish kerak? Tunda uyqu uchun ajratiladigan eng ideal vaqt 7-8 soat. Odam uxlaganda ham energiya sarflaydi, aniqrog`i har soat uchun 70 kkal.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1