1

Abu-Dabida o`tkazilgan jahon chempionatida MMA sportchilarimiz 13 ta medalni qo`lga kiritishdi

Sport 22.08.2022, 17:59
Abu-Dabida o`tkazilgan jahon chempionatida MMA sportchilarimiz 13 ta medalni qo`lga kiritishdi

Joriy yil 17-20 avgust kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida MMA (aralash jang san`atlari) bo`yicha 12-13, 14-15 va 16-17 yoshli sportchilar o`rtasida jahon chempionati bo`lib o`tdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.

Mazkur jahon chempionatida 42ta davlatdan 479 nafar sportchi g`oliblik uchun bahs olib borishdi.

Musobaqada O`zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo`lga kiritdi.

Kecha, 21 avgust kuni Toshkent xalqaro aeroportida hamyurtlarimizni Sportni rivojlantirish vazirligi, O`zbekiston aralash jang san`atlari assosiasiyasi, ota-onalar va OAV xodimlari kutib olishdi.

Jahon chempionatida g`olib va sovrindor bo`lgan hamyurtlarimiz bilan tanishing:

16-17 yoshli sportchilar:

Oltin:

Hasanov Anvarjon,

Ziyodinov Amirxon,

Abdullaev Nurulloxon.

Bronza:

Sotvoldiev Nozimjon.

14-15 yoshli sportchilar:

Oltin:

Xodjimiyarov Muhammadali,

Abdusattorov Abdullaziz,

Kumush:

Nosirjonov Hojiakbar.

Bronza:

Botirov Ibrohimjon,

Mirsaidov Mirjalol.

12-13 yoshli sportchilar

Kumush:

Ravshanov Behruzbek.

Bronza:

Toshpo`latov Mexrojbek,

Bahromov Behruzbek,

Sobirjonov Bahodir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1