1

Javohir Sindarov Abu-Dabidagi xalqaro turnirda 2-o`rinni egalladi

Sport 25.08.2022, 21:50
Javohir Sindarov Abu-Dabidagi xalqaro turnirda 2-o`rinni egalladi

Musobaqada 31 mamlakatdan kelgan 148 nafar shaxmatchi g`oliblik uchun bahs olib borishdi. Ular orasida "FIDE " tasnifida yuqori o`rinlarni egallab turgan xitoylik Vang Xao (2735 reyting ochkosiga ega), rossiyalik Evgeniy Tomashevskiy (2702), Hindiston vakili Arjun Erigaisi (2689) kabi ancha nomdor grossmeysterlar ham bor edi, deya ma`lumot bermoqda Sportni rivojlantirish vazirligi.

"Xalqaro turnirda qatnashgan iste`dodli shaxmatchimiz Javohir Sindorov 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg`ardi va yakunda 2-o`rinni egalladi. 1-o`rinni esa 7,5 ochko jamg`argan hindistonlik Arjun Erigaisi egalladi. Kuchli uchlikka Niderlandiya vakili Jorden Van Forest yakun yasab berdi",-deyiladi xabarda.

Shuningdek, yana bir nechta shaxmatchi Abu-Dabi turnirida o`z imkoniyatlarini sinovdan o`tkazdi. Unga ko`ra, Nodirbek Yoqubboev 6,5 ochko bilan 5-o`rindan joy olgan bo`lsa, 6 ochko jamg`argan Shamsiddin Vohidov 20-pog`onani band etgan. 5,5 ochko to`plagan Nilufar Yoqubboeva esa 40-pog`onani egallagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1