1

“UzAuto Motors”ning Asakadagi korxonasida farg`onalik talaba va o`quvchilar amaliyot o`tashadi (video)

Iqtisodiyot 08.09.2022, 11:37
Teglar: UzAuto Motors, Asaka
“UzAuto Motors”ning Asakadagi korxonasida farg`onalik talaba va o`quvchilar amaliyot o`tashadi (video)

Har yili, “UzAuto Motors” AJ Asaka filialida Farg`ona vodiysidagi oliy o`quv yurti talabalari, kasb-hunar maktablari va kollej o`quvchilari ishlab chiqarish amaliyotini o`tashadi. Bu haqda kompaniya iatbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, talabalar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishishadi, kasb-hunar maktablar, kollej o`quvchilari ishlab chiqarish jarayonining aniq yo`nalishlari bo`yicha va oliy o`quv yurti talabalari esa o`z amaliyotini ixtisoslashtirilgan bo`limlarda malakalarini oshirishadi.  

Joriy yilda Toshkent Turin politexnika universiteti, Andijon Mashinasozlik instituti, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Farg`ona Politexnika instituti, Toshkent Kimyo-texnologiya instituti va boshqa oliy o`quv yurtlaridan jami 1 000  nafardan ortiq talaba va kasb-hunar maktablari, kollej o`quvchilari ishlab chiqarish amaliyotini o`tash orqali malakalarini oshirmoqdalar.

Talabalar korxonaning eng muhim bo`limlari – ishlab chiqarish, logistika, xarid, sifat, muhandislik mahsulotlari boshqarmasi, texnologiya va texnik xizmat ko`rsatish, moliya va hujjatlarni nazorat qilish bo`limlari faoliyati bilan yaqindan tanishishadi.

Kasb-hunar maktablar va kollej o`quvchilari presslash, payvandlash, bo`yoqlash, yig`uv sexlari va ta`minot tizimlarida ishlab chiqarish amaliyoti o`tashadi.  

“UzAuto Motor” AJ korxonasida talabalar uchun amaliyot oddiy rasmiyatchilik emas, balki muhim bir davr ekanligini ishonch bilan aytish mumkin. Amaliyotchilarning  aksariyati korxonada ishlashni hohlashadi. Agar talabalar amaliyot davrida o`z mahoratini yaxshi ko`rsatib, vazifalarini a`lo darajada bajarsalar, ular korxonada istiqbolli xodimlar zahirasida nomzod sifatida shakllantiriladi. Shu sababli ham ko`plab talabalar amaliyotga mas`uliyat bilan yondashishadi.

O`z navbatida, kompaniya ham amaliyotchilar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib beradi. Bo`lajak mutaxassislar oziq-ovqat, transport, maxsus kiyim bilan ta`minlanadi. Muayyan uchastkalarda, sex va bo`limlarda amaliyotini o`tagan talabalarga bajargan ishi uchun oylik maosh to`lanadi.  

Korxona rahbariyati amaliyotchi talabalarning kelajakdagi kasbiy istiqboli va iqtidorini baholab borishadi. 2020-2021 yillar mobaynida kompaniya 191 nafar yosh mutaxassisni ishga jalb qildi. Ularning yarmidan ko`pi o`z vaqtida korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o`tagan.  

Yosh mutaxassislar amaliyot orqali kelajakdagi faoliyatining o`ziga xos xususiyatlarini yaxshiroq tushunish, o`rganish  shuningdek, amaliyot davomida maosh olib pul ishlashga va eng asosiysi o`qishni tamomlab, “UzAuto Motor” AJ korxonasiga ishga joylashish imkoniyatiga ega bo`lishadi.

Sharhlar

UzAuto Motors "Lacetti", "Cobalt", "Damas" va "Labo" avtomobillariga shartnomalar qabul qilishni vaqtincha to`xtatganini ma`lum qildi

17.12.2022, 10:00

"UzAuto Motors" kompaniyasi 4 ta turdagi avtomobilga shartnomalar qabul qilishni vaqtincha to`xtatganini ma`lum qildi.Ma`lum qilinishicha, yarimo`tkazgichlarning global etishmovchiligi va logistika inqirozi shuningdek geosiyosiy turbulentlik butun...
Asakada "Cobalt" va "Lacetti" to`qnashdi. Oqibatda...

08.09.2021, 12:32

Ijtimoiy tarmoqda  Asaka tumanida "Cobalt" hamda "Lacetti" rusumli avtomobillar ishtirokida sodir bo`lishi bilan bog`liq xabarlar tarqaldi.Ma`lum bo`lishicha,  8 sentyabr kuni soat 07:30larda Andijon viloyati, Asaka...
Andijonda Damas avtomashinasi zovurga tushib ketdi

23.08.2021, 16:34

 Asakada Damas zovurga tushib ketdi. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun soat 12:40 larda, Andijon viloyati, Asaka tumani, "Kuchgan"...
UzAuto Motors Minskda Ravon avtomobillarining tantanali taqdimotini o`tkazdi

15.11.2019, 11:03

Minskda Ravon brendi avtomobillarining Belarus Respublikasida savdoga chiqarilishi munosabati bilan tantanali taqdimot marosimi bo`lib o`tdi. Ravon Belarus bozoriga uchta taniqli Ravon R2, Ravon R3 hamda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1