Ayni paytda Markaziy bank Boshqaruvining yig`ilishi o`tkazilmoqda, deya xabar bermoqda MB matbuot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, yig`ilishda asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o`zgarishsiz qoldirish to`g`risida qaror qabul qilindi.
Batafsil tafsilotlar yaqin daqiqalarda e`lon qilinadi.
Eslatib o`tamiz, bundan avval, 21 aprel kuni Markaziy bank asosiy stavkani yillik 17 foiz darajasida o`zgarishsiz qoldirish to`g`risida qaror qabul qilingan edi. 2022 yil 9 iyunda esa Markaziy bank asosiy stavkani 1 foizga tushirib, 16 foiz etib belgilagan. 21 iyulda esa 15 foiz qilib belgilangan.