16 sentyabr kuni Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi bo`lib o`tdi.
Sammitda ShHT faoliyatining muhim sohalaridagi hamkorlik holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. ShHT Davlat rahbarlari kengashining Samarqand deklarasiyasi tadbirning bosh yakuniy hujjati bo`ldi.
Jami 44 ta hujjat - bitim, konsepsiya, dasturlar va boshqa qarorlar qabul qilindi. Bu tashkilot tarixida rekord ko`rsatkichdir. Jumladan:
- ShHTga a`zo davlatlarning uzoq muddatli yaxshi qo`shnichiligi, do`stligi va hamkorligi to`g`risidagi shartnoma qoidalarini 2023-2027 yillarda amalga oshirish bo`yicha kompleks harakatlar rejasi to`g`risida;
- ShHTga a`zo davlatlarning o`zaro bog`liqlikni rivojlantirish va samarali transport yo`laklarini yaratish bo`yicha konsepsiyasi to`g`risida;
- “ShHTning ezgu niyat elchisi” faxriy unvoni to`g`risidagi nizom to`g`risida;
- ShHTga a`zo davlatlarning o`zaro hisob-kitoblarida milliy valyutalar ulushini bosqichma-bosqich oshirish bo`yicha “yo`l xaritasi” to`g`risida;
- Eronning ShHTga a`zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari to`g`risidagi memorandum imzolangani to`g`risida;
- Belarus Respublikasini ShHT a`zoligiga qabul qilish jarayonini boshlash to`g`risida;
- Maldiv Respublikasi, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Myanma Ittifoqi Respublikasi, Quvayt Davlatiga ShHTning muloqot bo`yicha sherigi maqomini berish to`g`risida;
- Varanasi shahrini (Hindiston) 2022-2023 yillarda ShHTning turizm va madaniy poytaxti deb e`lon qilish to`g`risida; ShHT kotibiyati va Ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha BMT (YuNESKO) o`rtasida memorandumni imzolash to`g`risida;
- ShHT Bosh kotibining tashkilotning o`tgan yilgi faoliyati hamda ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Kengashining 2021 yilgi faoliyati to`g`risidagi hisobotlari haqida;
- ShHT Davlat rahbarlari kengashi qarorlarining amal qilishini bekor qilish to`g`risida;
- ShHT faoliyatini takomillashtirish to`g`risida qarorlar qabul qilindi.
- Shuningdek, ShHT Davlat rahbarlari kengashining:
- iqlim o`zgarishiga nisbatan javob harakatlari to`g`risida;
- ishonchli, barqaror va diversifikasiyalashgan etkazib berish zanjirlarini ta`minlash to`g`risida;
- global oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash to`g`risida;
- energetik xavfsizlikni ta`minlash to`g`risidagi bayonotlari qabul qilindi.
- Bundan tashqari, tadbir doirasida quyidagi hujjatlar imzolandi:
- Eronning ShHTga a`zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari to`g`risidagi memorandum;
- ShHTga a`zo davlatlar hukumatlari o`rtasida turizm sohasidagi hamkorlik to`g`risida bitim;
- ShHTga a`zo davlatlar o`rtasida xizmatlar savdosi sohasidagi hamkorlikning hadli asoslari;
- ShHT mamlakatlarining vakolatli organlari o`rtasida muzey ishi sohasidagi hamkorlik to`g`risida memorandum;
- ShHT mamlakatlarining vakolatli organlari o`rtasida o`simliklar karantini sohasidagi hamkorlik to`g`risida bitim;
- ShHT mamlakatlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi hamkorligi dasturi;
- ShHT mamlakatlarini infratuzilmaviy rivojlantirish dasturi;
- ShHT mamlakatlarining ishbilarmon doiralari o`rtasidagi sanoat kooperasiyasini rag`batlantirish dasturi;
- Raqamli savodxonlikni rivojlantirish bo`yicha ShHT dasturi;
- ShHTga a`zo davlatlarning sun`iy intellektni rivojlantirish bo`yicha hamkorligi dasturi;
- ShHTga a`zo davlatlarning tibbiyot tashkilotlari o`rtasida yuqumli kasalliklarni profilaktika qilish va davolash masalalarida hamkorlik bo`yicha “yo`l xaritasi”;
- ShHTga a`zo davlatlar o`rtasida ustuvor yo`nalishlardagi ilmiy-texnik hamkorlik bo`yicha harakatlar rejasi (2022-2025 yillarda);
- ShHTda mintaqa ichidagi savdoni rivojlantirish bo`yicha qo`shma harakatlar rejasi;
- ShHT mamlakatlarining telemedisina sohasidagi hamkorligi konsepsiyasi;
- ShHT mamlakatlarining “aqlli” qishloq xo`jaligi va agroinnovasiyalarni joriy etish sohasidagi hamkorligi konsepsiyasi;
- ShHT va Arab davlatlari ligasi kotibiyatlari o`rtasida memorandum;
- ShHT kotibiyati va Ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha BMT (YuNESKO) o`rtasida o`zaro anglashuv to`g`risida memorandum;
- ShHT kotibiyati bilan Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya (ESKATO) o`rtasida o`zaro anglashuv to`g`risida memorandum va boshqa hujjatlar imzolandi.