Belorus rahbari Aleksandr Lukashenko prezident bo`lishdan charchaganini, ammo u o`z tarafdorlari bosimi ostida lavozimida qolayotganini aytgan, deya yozdi "Zamon.uz".
“Tasavvur qilyapsizmi, birinchi navbatda siz tarafdan juda kuchli bosim ostidaman. Sizlarga pand berishdan qo`rqaman. Fikrimcha, aynan siz barrikadalarda turib meni qo`llab-quvvatlaysiz, mendan qandaydir idol yasab olasiz va hokazo. Men esa sizlarni, davlat xizatchilariga pand bersam... Buni qay darajada mas`uliyatli ish ekanini tasavvur qilolmaysiz”, – degan Lukashenko.
Bundan tashqari, prezident uning o`rniga kelgan shaxslar hokimiyatni ushlab qolishiga kafolat yo`qligini, shundan keyin mamlakatda beqarorlik boshlanishini, shuningdek, o`z farzandlaridan xavotirda ekanini ta`kidlagan.






