AsosiySport

Endi kibersport O`zbekistonda ham rivojlanadi

'Endi kibersport O`zbekistonda ham rivojlanadi'ning rasmi

Kuni kecha Janubiy Koreyada faoliyat ko`rsatuvchi Xalqaro Kibersport Instituti bilan anglashuv memorandumi imzolandi.

Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, federasiya tomonidan tashkil etiladigan barcha musobaqa va tadbirlarni yuqori saviyada o`tkazishga ko`maklashish, mutaxassis va o`yinchilarni professional tarzda tayyorlash, eSportsni bosqichma-bosqich rivojlantirish dasturi bo`yicha maktab, akademiya va universitet tashkil etish — ushbu anglashuv memorandumining bosh maqsadi hisoblanadi. Shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida xalqaro musobaqalar o`tkazish, IT-texnologiyalar va kibersport sohasida xalqaro universitet tashkil etish, maktab darsliklari ishlab chiqish borasida ham hamkorlik qilishga kelishib olingani aytiladi.

Memorandumga ko`ra, har ikki tomon yoshlarning tashabbuslari va g`oyalarini qo`llab-quvvatlash va ular orasidagi eng yaxshi loyihalarni hayotga tatbiq etishda ko`maklashishda ham faol ishtirok etishadi.

    Boshqa yangiliklar