AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Si Szinpinni tabrikladi

'Shavkat Mirziyoev Si Szinpinni tabrikladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 73 yilligi munosabati bilan XXR Raisi Si Szinpinga tabrik yo`llab, unga va do`st Xitoy xalqiga ezgu tilaklarini bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

Maktubda dunyodagi murakkab vaziyatga qaramay, O`zbekiston bilan Xitoy o`rtasidagi ikki va ko`p tomonlama hamkorlik barcha yo`nalishlarda tobora mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan ta`kidlangan.

Yaqinda O`zbekiston Respublikasiga amalga oshirilgan davlat tashrifi va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida bo`lib o`tgan sermahsul uchrashuvlar mamlakatlarimiz o`rtasidagi aloqalarni har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining yangi darajasiga ko`targani qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar