1

Olimlar OIV infeksiyasini davolashning yangi usulini topdi

Salomatlik 02.10.2022, 14:52
Olimlar OIV infeksiyasini davolashning yangi usulini topdi

Yaqinda Rossiya olimlari tomonidan kashf etilgan yangi muolaja usuli bemorlarning OIV infeksiyasi asoratlaridan deyarli to`liq xalos bo`lishiga xizmat qilishi mumkin. Bu haqda  O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur davo chorasi maxsus oqsillardan foydalanishga asoslangan. Ular bemor organizmidagi immunitet hujayralari funksiyalarini tiklashga yordam beradi. O`z navbatida, OIV kasalligiga qarshi kurashuvchi antitanalarni quvvatlantiradi. 

Natijada organizm ichki imkoniyatini ishga solib, virusni siqib chiqarishga kirishadi. Yakunda tanada OIV infeksiyasi miqdori kamayib, uning salomatlik uchun zararli ta`siri keskin pasayadi.

 JSST ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda har yili qariyb 2 million kishi ushbu xavfli xastalikka chalinmoqda. Hozir sayyoramiz bo`yicha OIV tashxisi bilan ro`yxatga olingan bemorlar soni 38,4 million nafardan oshgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1