AsosiyHi-tech

Saudiya Arabistoni ziyoratchilar safarini osonlashtiruvchi platforma ishga tushirdi

'Saudiya Arabistoni ziyoratchilar safarini osonlashtiruvchi platforma ishga tushirdi'ning rasmi

 Avvalroq O`zbekiston fuqarolari uchun yillik haj kvotasini 24 ming nafargacha, umra kvotasini esa 100 ming nafargacha oshirish yuzasidan kelishuvga erishilgani haqida xabar bergan edik. 

Ayni damda ma`lum qilinishicha, Saudiya Arabistoni ziyoratchilar safarini osonlashtiruvchi platforma ishga tushirdi.

Ta`kidlanishicha, “Nusuk” platformasi ziyoratchilarga ma`lumot va bir qator xizmatlarni taqdim etib, ularga Umra marosimlarini qulaylik bilan bajarish imkonini beradi.

Platforma yordamida ziyoratchilar elektron viza uchun ariza berishlari, mehmonxona xonalarini band qilishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar