"Butun O`zbekistondan uzr so`rayman"

Jamiyat 02.10.2022, 18:37
"Butun O`zbekistondan uzr so`rayman"

Sal avval So`kong`ich Oqqo`rg`on tumani IIB xodimiga tegishli "audio yozuv" ekspertizadan o`tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Yosh xodim ko`p o`tmay xizmat faoliyati davomida o`zini salbiy tomondan ko`rsatganligi va noo`rin xatti-harakatlari sababli joriy yil 30 avgust kuni ichki ishlar organlaridan bo`shatilgan. 

Toshkent viloyati hokimligining Darakchi.u'ga ma`lum qilishicha, so`kong`ichning o`zi va onasi jamoatchilikdan uzr so`rab chiqdi.

"Bir ayol bilan janjallashib qolgandim. U menga telefon qildi. U paytda mast edim. Jahl ustida nima deganimni o`zim bilmadim. Butun Oqqo`rg`on aholisidan, butun o`zbekistonliklardan bir umr kechirim so`rayman. Bu ishimdan pushaymonman. Ota-onamdan ham kechirim so`rayman", - deydi sobiq ichki ishlar xodimi.

Shuningdek, uning onasi o`g`lining so`zlari uchun kechirim so`radi.

"O`g`limning qilgan ishlaridan pushaymonman. Oilamiz nomidant kechirim so`rayman. Haqiqatdan ham o`g`lim noto`g`ri ish qildi.  Eng yomoni mana shu onadan so`kkani bo`ldi. Butun O`zbekistondan uzr so`rayman",-deydi u.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1