AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi bilan muhokama o`tkazdi

'Shavkat Mirziyoev  Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi bilan muhokama o`tkazdi'ning rasmi

Bugun Ostona shahrida o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash sammiti doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev o`ziga ajratilgan qarorgohda Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bag`dod Amreevni qabul qildi.

Keyingi yillarda tashkilot doirasidagi muloqot faollashib, ko`p qirrali hamkorlik kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Joriy yil noyabr oyida Samarqandda bo`ladigan sammitga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish jihatlari ko`rib chiqildi.

Davlat rahbarlarining majlisi arafasida kun tartibini hamda savdo, investisiya, transport, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va gumanitar almashinuv bo`yicha ko`p tomonlama hujjatlarni ishlab chiqish maqsadida vazirlar darajasida qator uchrashuvlar bo`lib o`tadi. 

Tashkilot sammitini puxta tayyorlash uchun ushbu nufuzli mintaqaviy tuzilma kotibiyati bilan yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

    Boshqa yangiliklar