Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda O`zbekistonda "InnoWeek.Uz-2022" haftaligi bo`lib o`tmoqda.
Haftalik doirasida navbatdagi ixtiro taqdim etildi.
Og`ir yuklarni ko`tarish uchun yaratilgan ulkan Avatar robot "InnoWeek.Uz-2022» innovasion g`oyalar haftaligi doirasi namoyish etilmoqda. Ulkan robot o`zbekistonlik talabalar tomonidan yaratildi. U haqda Xushnud Mehmonov ma`lumot berdi.
- Biz bu robotni" Avatar" kinofilmidan ilhomlanib yaratdik. Siz ko`rib turgan robot prototip. Unga ustozlarimiz homiylik qildilar. Unga investorlar topilsa, ishlab chiqarishni yo`lga qo`ymoqchimiz. Undan harbiy sohada, qurilishda og`ir yuklarni ko`tarishda foydalansa bo`ladi. Robotni ichiga odam kirib, uni boshqaradi.