1

UFC 280: Mahmud Murodov ketma-ket ikkinchi bor mag`lubiyatga uchradi

Sport 22.10.2022, 22:58
UFC 280: Mahmud Murodov ketma-ket ikkinchi bor mag`lubiyatga uchradi

O`zbekistonlik jangchi Mahmud Murodov UFC dagi navbatdagi jangini amerikalik Kayo Borraloga qarshi o`tkazdi. Jang to`liq 3 raund davom etdi. Unda teng kurashlar ostida kechgan bahsda Murodov ochkolar evaziga raqibiga imkoniyatni boy berib qo`ydi.

Prelimum janglarida qayd etilgan natijalar:

Abubakar Nurmagomedov (Rossiya) — Gaji Omargajiev (Rossiya). Abubakar ochkolar hisobiga g`alaba qozondi.

Armen Petrosyan (Armaniston) — Ey Jey Dobson (AQSh). Hakamlar Armenning g`alabasini ma`lum qildi.

Muhammad Mokaev (Angliya) — Malkolm Gordon (Kanada). Mokaev 3-raundda raqibini bo`g`ib qo`ydi.

Kerol Rosa (AQSh) — Lina Lansberg (Shvesiya). Amerikalik jangchi hakamlar qaroriga ko`ra, g`alaba qozondi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1