AsosiySiyosat

Ukrainalik jurnalist O`zbekistonni Rossiyaga Eron dronlarini etkazib berishda ayblaganiga O`zbekiston rasmiy munosabat bildirdi

'Ukrainalik jurnalist O`zbekistonni Rossiyaga Eron dronlarini etkazib berishda ayblaganiga O`zbekiston rasmiy munosabat bildirdi'ning rasmi

Biroz avval Ukrainalik jurnalist O`zbekistonni Rossiyaga Eron dronlarini etkazib berishda ayblagani va deputat Alisher Qodirov O`zbekiston Tashqi ishlar va Mudofaa vazirliklari bu tuhmatni rasman rad etishi va Gordonni uzr so`rashga majbur qilishi kerakligini aytgani  haqi xabar bergan edik

Mudofaa vazirligi holatga munosabat bildirdi:

 O`zbekiston Mudofaa sanoati davlat qo`mitasi ba`zi bir ommaviy-axborot vositalarida tarqatilayotgan, go`yoki O`zbekiston Ukrainadagi harbiy xarakatlarda qo`llanilayotgan eron jangovar uchuvchisiz uchish apparatlarining (jangovar dronlar) ishlab chiqarish (yig`ish) maydoni ekanligi to`g`risidagi xabarlarni qat`iy inkor etadi.

"Shu bilan birga, ta`kidlash joizki O`zbekiston hozirgi kunga qadar hech qachon Eron tomoni bilan hamkorlikda qurol-yarog` va harbiy texnika ishlab chiqarmaganligi va hozirgi kunda ham ishlab chiqarmayotganini ma`lum qiladi.
Shu munosabat bilan, Mudofaa sanoati davlat qo`mitasi OAV orqali tekshirilmasdan turib tarqatilayotgan bu kabi xabarlar jamoatchilik e`tiborini yolg`on ma`lumotlar bilan chalg`itishi hamda O`zbekistonning xorijiy davlatlar bilan do`stona munosabatlariga salbiy ta`sir ko`rsatishiga sabab bo`lishi mumkin deb hisoblaydi" deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar