"Zamonaviy dunyo murakkab davrni boshidan kechirmoqda va shu sababli zarbalarga chidamli uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish zarur" dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho`g`li Turkiy davlatlar tashkiloti tashqi ishlar vazirlarining Samarqandda bo`lib o`tgan yig`ilishida, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri.
“Tarix o`z o`rniga qaytyapti. Osiyo yana oldinga chiqadi”, - dedi Chavusho`g`li.
U Turkiy kengashning o`tgan yili Istanbulda bo`lib o`tgan sammitida qabul qilingan "Konsepsiya-2040"ning muhimligini ta`kidladi.
“Istanbul sammitida qabul qilgan "Konsepsiya-2040" uzoq muddatli istiqbolda muhim qadam edi. 5 yillik muvaqqat raisligimizning ustuvor yo`nalishlaridan biri strategik hujjatni yakunlash bo`ldi. Uning amalga oshirilishini ta`minlash umumiy burchimizdir”, dedi u.
Vazir, shuningdek, Turkiya TDTning yangi Bosh kotibi, Qirg`izistonning Turkiyadagi elchisi Kubanichbek Omuralievni TDTda ishtirok etuvchi davlatlar rahbarlari ma`qullaganidan so`ng qo`llab-quvvatlashga tayyorligini ma`lum qildi.






