AsosiySiyosat

Biz Turkiy davlatlar tashkilotini "tinchlik forumi" deb ataymiz — Viktor Orban

'Biz Turkiy davlatlar tashkilotini "tinchlik forumi" deb ataymiz — Viktor Orban'ning rasmi

Samarqandda bo`lib o`tayotgan Turkiy davlatlar sammitida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ham nutq so`zladi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri.

"Bir necha yil oldin O`zbekistonga kelgan edim. Qisqa vaqtlardagi  o`zgarishlarni ko`rib, hayratda qoldim", - deya o`z nutqini boshladi martabali mehmon. 

"Biz Turkiy davlatlar tashkilotini "tinchlik forumi" deb ataymiz. Barchangizga tinchlik g`oyalarini ilgari surayotganingiz uchun minnatdorlik bildiraman", - dedi u.

Vengriya bosh vaziri Turkiya prezidenti Erdog`anga bug`doy koridorini ochib bergani va qochoqlar bilan bog`liq masalalarni hal etayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. 

"Aks holda Vengriya qiyin ahvolda qolgan bo`lardi", - dedi Orban.

Shuningdek, Viktor Orban Evorapadagi, xususan Ukrainadagi vaziyatga ham to`xtalib o`tdi.

"Evropada tinchlik haqidagi xitoblarni  urush ovozlari bosib ketmoqda. Davlatlar tashqi siyosat masalasida nima xohlayotganini aniqlashtirib olmagan. Ular asosan AQShning qarashlari ortidan borayotgandek. Evropa davlatlari avvaliga Ukrainaga himoya qurollarini berishdi, endi esa hujum qilish imkonini beradigan qurollar etkazish boshlandi", - deya ta`kidladi Viktor Orban.

 

    Boshqa yangiliklar