AsosiySiyosat

TDTga a`zo davlatlarning tegishli tashkilotlari o`rtasida raqamli inson resurslari tizimlari to`g`risida anglashuv memorandumi imzolandi

'TDTga a`zo davlatlarning tegishli tashkilotlari o`rtasida raqamli inson resurslari tizimlari to`g`risida anglashuv memorandumi imzolandi'ning rasmi

Turkiy davlatlar tashkilotiga a`zo davlatlarning tegishli tashkilotlari o`rtasida raqamli inson resurslari tizimlari to`g`risida anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandum Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Inson resurslari ofisi prezidenti Salim Atay, Qozog`iston Respublikasi Davlat xizmati ishlari bo`yicha agentligi raisi Darxan Jazikbaev, Qirg`iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xizmati va mahalliy o`zini-o`zi boshqarish ishlari davlat agentligi va Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti huzuridagi J.Abdraxmanov nomidagi Davlat boshqaruvi akademiyasi nomidan Qirg`iziston Respublikasining O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Musa Djamanbaev,  O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o`rinbosari Otabek Xasanov, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Adxam Bekmuradov o`rtasida imzolandi.

Ishtirokchi davlatlardagi tashkilotlar Memorandum bilan inson resurslarini rivojlantirish hamda integrasiyalashgan raqamli tizimlar orqali iste`dodlarni boshqarish jarayonlarini tashkil etishda hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashni maqsad qilgan.

Shuningdek, hamkorlik kelishuvida integrasiyalashgan raqamli tizim orqali davlat xizmatchilarining malaka va tajribalarini orttirish, samaradorlik va inklyuzivlikni qo`llab-quvvatlash, sohaga oid qo`shma dasturlarni amalga oshirish, tizim orqali turli onlayn uchrashuvlarni tashkil etish belgilandi. 

Hujjatda ko`rsatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun muvofiqlashtiruvchi xodimlarni belgilash nazarda tutildi.


 

    Boshqa yangiliklar