AsosiyDunyo

Istanbul markazida kuchli portlash sodir bo`ldi (video)

'Istanbul markazida kuchli portlash sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

Turkiyaning Istanbul shahri Beyoglu Istiqlol ko`chasida 13 noyabr kuni portlash sodir bo`ldi. Bu haqda CNN Turk xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, voqea joyiga ko`plab polisiya, o`t o`chiruvchilar va tibbiy guruhlar yuborildi. 

Istanbul gubernatori Ali Yerlikaya portlash oqibatida qurbonlar borligini tasdiqladi.

“Bugun mahalliy vaqt bilan soat 16:20 da Beyoglu tumanidagi Istiklyal ko`chasida portlash sodir bo`ldi. Voqea joyiga zudlik bilan tez yordam, qutqaruvchilar, xavfsizlik kuchlari va AFAD guruhlari jo`natildi. Jabrlanganlar va qurbonlar bor. Qo`shimcha ma`lumotlar e`lon qilinadi”, - deb yozdi gubernator Ali Yerlikaya Twitter’da

Mahalliy OAVning xabar berishicha, halok bo`lganlar soni 5 nafarga, jarohatlanganlar esa 36 kishiga etgani aytilmoqda.


Ta`kidlanishicha, Rossiya Bosh konsulligi portlash yuz bergan ko`chada, biroq uzoqroqda joylashgan. Portlash terrorchi hudkush tomonidan sodir etilgani aytilmoqda.

Istanbul Bosh prokuraturasi portlashni terrorchilik harakati deb baholadi, deyiladi xabarlarda. 

Turkiya hukumati telekanallarga portlash sodir bo`lgan joydan translyasiya qilishni taqiqlandi.
 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar