AsosiySPORT

Ronaldu va Benzema “Real”ga yordam bera olmaydi

Madridning “Real” jamoasi  hujumchilari Krishtianu Ronaldu va Karim Benze...

Madridning “Real” jamoasi  hujumchilari Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema jarohatlari tufayli “Osasuna”ga qarshi Ispaniya chempionati 3-turida maydonga tusha olmaydi, deb xabar bermoqda Mirror nashri.  

Ma`lumotlarga ko`ra, Ronaldu va Benzema klubning barcha a`zolari bilan mushg`ulot o`tkazishgan. Ular hatto yuqori formada ekanini ham namoyish etgan. Ammo jamoa ustozi Zinedin Zidan futbolchilarning sog`lig`i bilan tavakkal qilishni istamayapti.

Ma`lumot uchun, “Real” va “Osasuna” o`rtasidagi uchrashuv 10 sentyabr, shanba kuni Madrid shahrida bo`lib o`tishi ko`zda tutilgan.

Boshqa yangiliklar