AsosiyJamiyat

Toshkentda avtobus bekatlarini egallab olgan tadbirkorlarga chora ko`rilmoqda

'Toshkentda avtobus bekatlarini egallab olgan tadbirkorlarga chora ko`rilmoqda'ning rasmi

Yunusobod tumani hokimligi avtobus bekatlaridan biridagi yo`lovchilar uchun mo`ljallangan kutish o`rindiqlari tadbirkorlar tomonidan tashqariga chiqarib qo`yilgani tasvirlangan videoga munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus bekatlari tadbirkorlar tomonidan egallab olinayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur videomaterialda aytib o`tilgan har bir holat tuman hokimligi mutasaddilari tomonidan o`rganilgan.

Aniqlanishicha, haqiqatdan ham Yunusobod tumanidagi videoda ko`rsatilgan manzildagi avtobekatda tadbirkor tomonidan aholining kutish o`rindiqlari tashqariga chiqarib qo`yilgan. Hokimlik mutasaddilari ushbu manzildagi tadbirkor bilan yuzma-yuz suhbatlashib, o`zboshimchalik bilan egallagan er maydoni uchun qonunda belgilangan tartibda ogohlantirish bergan hamda u jarimaga tortilgan.

Bundan tashqari, shu kabi holatlarning takrorlanmasligi barcha avtobus bekatlari Kadastr agentligi Yunusobod tumani bo`limi tomonidan xatlovdan o`tkazilmoqda.

"Natijada o`zboshimchalik bilan egallagan maydonlar, shu bilan birga noqonuniy reklamalar aniqlanib, tegishli chora-tadbirlari olib borilmoqda", deyiladi munosabatda.

    Boshqa yangiliklar