"Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog`lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi Prezident qarori (PQ–427-son, 18.11.2022 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko`ra, O`zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi tizimida quyidagilar tashkil etiladi:
Bolalar sog`lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga ko`maklashish jamg`armasi;
Bolalarning dam olishini va sog`lomlashtirilishini tashkil etish departamenti.
Jamg`arma mablag`lari hisobidan kasaba uyushmalari a`zolarining farzandlari dam olishi va ularni sog`lomlashtirish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida har bir yo`llanma uchun BHMning 2 baravari (600 ming so`m), biroq yo`llanma narxining 50 foizidan oshmagan miqdorda oromgohlarga kompensasiya to`lanadi.
2023 yil 1 yanvardan:
▫️Mahalliy byudjetlar daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismining 10 foizi har chorakda Jamg`armaga yo`naltiriladi;
▫️Davlat organlari va tashkilotlari o`z xodimlarining farzandlari uchun sotib olingan oromgohlar yo`llanmalari narxining 50 foizigacha, ammo har bir yo`llanma uchun BHMning 1 baravaridan (300 ming so`mdan) oshmagan qismi ish beruvchilar tomonidan kompensasiya qilib berilishi mumkin.
Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog`lomlashtirish masalalari bo`yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.






