AsosiyJamiyat

Suriyada jangovar tayyorgarlikdan o`tgan 2 toshkentlik yigit qo`lga olindi

'Suriyada jangovar tayyorgarlikdan o`tgan 2 toshkentlik yigit qo`lga olindi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan o`ta og`ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo`lgan – 1995 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan 2 nafar fuqaro xorijdan O`zbekistonga olib kelindi. Bu haqda IIV  xabar bermoqda.

Mazkur fuqarolar xorijiy davlatlarda mavsumiy ishlashi davomida Internet orqali xalqaro terrorchilik tashkilotlari a`zolari bilan doimiy aloqada bo`lib kelgan va ularning ta`sirida 2021 yilning avgust oyida Suriya Arab Respublikasi hududiga o`tib, “Tavxid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo`shilgan hamda jangovar tayyorgarlikdan o`tgan.

Chet el huquq-tartibot idoralari bilan olib borilgan hamkorlikdagi tadbirlar davomida ushbu shaxslar xorijiy davlatlarning birida qo`lga olinib, yurtimizga olib kelindi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fuqarolarga internet tarmog`idan foydalanish va xorijda bo`lish davomida ekstremistik va terrorchilik tashkilotlarining din niqobi ostidagi soxta da`vatlariga aldanib qolmaslik, shuningdek, shubha tug`dirgan Telegram guruhlariga a`zo bo`lishdan asranish maslahat berilmoqda.

    Boshqa yangiliklar