AsosiyJamiyat

Surxondaryoda klaster va fermerlar o`rtasidagi janjalni bartaraf qilishga kelgan IIV xodimlari zo`ravonlikda ayblandi(video)

'Surxondaryoda klaster va fermerlar o`rtasidagi janjalni bartaraf qilishga kelgan IIV xodimlari zo`ravonlikda ayblandi(video)'ning rasmi

Bir necha kundan beri ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida “Surxon Cotton Textile Cluster” MChJ hamda “P.Turopov” va boshqa 13 nafar fermer xo`jaliklari rahbarlari o`rtasidagi kelishmovchiliklar haqida postlar aylanmoqda. 

Deputat R.Kusherbaevning ma`lum qilishicha, o`z erini himoya qilayotgan fermerning eri noqonuniy ravishda hokimiyatning yordami bilan "SURHON COTTON TEXTILE CLUSTER"  MChJ klasteriga olib berilgan.

Qayd etilishicha, uzoq vaqt qonuniy kurashlardan so`ng fermer Oliy sud orqali o`z erini qaytarib olish haqida qarorga erishgan. Ammo mahalliy hokimlik tomonidan qaror ijro etilmay, fermerga o`z eri qaytarib berilmay kelinmoqda.

"Hokimiyat, ichki ishlar va boshqa idoralarning klasterga "advokatlik" qilayotgani, qonunlarni tan olmay fermerga zo`ravonlik qilayotgani O`zbekistonda fermerlarga oid qonunlar amalda ishlamayotlanini ko`rsatmoqda.

Bu ishdan keyin Ichki ishlar vazirligi Qiziriqdagi xodimlarini rahbari bilan birga to`liq klasterga ishga o`tkazvorgani ma`qul", - deydi deputat.

IIV Axborot xizmati rahbari Sh.G`iyosovning qayd etishicha, joriy yilning 18 noyabr kuni mazkur kelishmovchiliklar ochiqdan-ochiq janjalga aylanib, voqea ishtirokchilari o`zlarini traktor tagiga tashlash, bir-biriga hamda o`zgalarning transport vositalariga shikast etkazish kabi harakatlarni amalga oshirganlar.

" Chaqiruvga asosan voqea joyiga etib kelgan hududiy ichki ishlar organlari xodimlari jamoat tartibini tiklab, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bilan profilaktik suhbat o`tkazganlar. Voqea ishtirokchilarining barchasini harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli nomaqbul fikrlarga barham berish uchun eslatib o`tamiz, ichki ishlar organlari xodimlari tadbirkorlarning yoki fermerlarning ish faoliyatiga aralashish huquqlari yo`q. Lekin maqsadidan qat`iy nazar jamoat tartibini buzilishiga yo`l qo`yilmaydi", - deydi  Sh.G`iyosov

    Boshqa yangiliklar