“Moskva-Farg`ona" yo`nalishidagi samolyot Namangan xalqaro aeroportiga yo`naltirildi. Bu haqda “Novosti Tashkentskogo Neba” xabar bermoqda.
Unga ko`ra, Farg`ona xalqaro aeroportidagi tuman tufayli “Moskva-Farg`ona” yo`nalishidagi samolyot Namangan xalqaro aeroportiga yo`naltirilgan.
Shuningdek, “Toshkent-Farg`ona” yo`nalishidagi samolyot parvozi ham kechiktirilgan.






