AsosiyDunyo

Xitoydagi zavodda katta yong`in yuz berdi, 40 ga yaqin odam halok bo`ldi (video)

'Xitoydagi zavodda katta yong`in yuz berdi, 40 ga yaqin odam halok bo`ldi (video)'ning rasmi

 Xitoyning Xenan provinsiyasi Anyan shahridagi zavodda yuz bergan yong`in oqibatida kamida 38 kishi qurbon bo`ldi, deb xabar bermoqda mahalliy OAVga tayanib "interfax".

Yong`in o`tgan dushanba kuni mahalliy vaqt bilan 16:00 atrofida boshlangan. Zavod Kaixinda Trading Co., Ltd kompaniyasiga tegishli.

OAV ma`lumotlariga ko`ra, yong`inni o`chirishga 63 birlik texnika va 240 dan ortiq o`t o`chiruvchi jalb qilingan. Seshanba kuni ertalabdan boshlab yong`in nazoratga olindi, qutqaruvchilar korxonaning jiddiy shikastlangan binosida odamlarni qidirishni davom ettirmoqda.

Yong`in sabablari hozircha ma`lum qilinmagan.

    Boshqa yangiliklar