Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi kengaygan taqdirda Germaniya o`z hududini himoya qilishga tayyor bo`lishi kerak. Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Kristin Lambrext ma`lum qildi, deya yozmoqda Zamon.uz' sayti.
“Mudofaa har doim Bundesverning asosiy vazifasi bo`lib kelgan. Buni hamma yana bir bor tushunishi kerak”, — degan vazir.
Lambrext Germaniya hududiga haqiqiy xavf tug`ilgan taqdirda Alyans kuchlari ularni himoya qilishda yordam berishini ham ta`kidlagan.
Eslatib o`tamiz, Germaniya parlamenti yangi qurol-yarog` va harbiy texnika sotib olish uchun 100 milliard evrogacha mablag` ajratmoqchi.
Polshadagi raketa halokatidan so`ng Germaniya Varshavaga havo hududi xavfsizligini ta`minlashda “Eurofighter” qiruvchi samolyotlari va “Patriot” havo mudofaa tizimlari yordamida yordam taklif qilgandi.