O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-111-sonli qarorga asosan aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini oshirish maqsadida, joriy yilning 23 noyabr kunidan boshlab, E-1-sonli "TTZ AShB-Mashinasozlar metrosi AShB" yangi ekspress avtobus yo`nalishi tashkil etilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.
Avtobus yo`nalishi "TTZ AShB" dan Yuzrabot, Gulsanam, Buyuk Ipak Yo`li, Mirzo Ulug`bek, Taraqqiyot 2-tor ko`chalari orqali Mashinasozlar metrosi AShB"ga qadar harakatlanadi.
To`xtash bekatlari: TTZ bozori, Buyuk Ipak Yo`li metrosi, Shifokorlar malakasini oshirish instituti, Ashxobod bog`i.






