AsosiyDunyo

Biz Iroq va Suriya bilan chegaralarimizda bo`lishi kerak bo`lgan xavfsizlik chizig`ini chizdik — Erdo`g`on

'Biz Iroq va Suriya bilan chegaralarimizda bo`lishi kerak bo`lgan xavfsizlik chizig`ini chizdik — Erdo`g`on'ning rasmi

Turkiya Prezidenti Toyib Erdo`g`on o`z mamlakati chegaralarida xavfsizlikni o`rnatishga hech kim to`sqinlik qila olmasligini aytdi. Bu haqda "zamon.uz" yozmoqda. 

“Biz Suriya bilan chegaralarimizni himoya qilish bo`yicha kelishuvlarning bir qismini bajardik. Turkiyani o`yinlar bilan chalg`itishi mumkin deb o`ylaydiganlar uchun yo`lning oxiri keldi. Bundan buyon faqat bitta chora bor. Bu o`z mamlakatimiz va fuqarolarimizning xavfsizligi... Biz Iroq va Suriya bilan chegaralarimizda bo`lishi kerak bo`lgan xavfsizlik chizig`ini chizdik”, — dedi Erdo`g`on. 

Anqara rahbari na Rossiya prezidenti Vladimir Putin, na AQSh prezidenti Jo Bayden bilan Turkiyaning Suriya shimoli va Iroqdagi harbiy havo amaliyotini muhokama qilmaganini bildirdi. 

“Bayden ham, Putin ham bu mintaqada istalgan vaqtda bunday operasiyalarni amalga oshirishimiz mumkinligini biladi”, — dedi u.

Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar esa seshanbaga o`tar kechasi Suriya va Iroqdagi “Tanja-qilich” operasiyasida ikki kun ichida 184 nafar jangari yo`q qilinganini ma`lum qildi.

 

    Boshqa yangiliklar