AsosiyDunyo

Turkiyada 6 balli zilzila sodir bo`ldi

'Turkiyada 6 balli zilzila sodir bo`ldi'ning rasmi

2022 yil 23 noyabr soat 04:08 da markazi Turkiyaning Dyuzje shahrida 5,9 magnitudali va yana bir necha marta kichik balli zilzilalar yuz berdi.  

Ta`kidlanishicha, ushbu er silkinishlari qo`shni shaharlarda ham sezilgan. Turkiya Ichki ishlar vazirligi tabiiy ofatlar va Favqulodda vaziyatlarni boshqarish boshqarmasi (AFAD) ma`lumotiga ko`ra, halok bo`lganlar yo`q. 

Dyuzje shahrida 37 nafar fuqaro, Zonguldakda 6, Bursada 4, Istanbul, Sakarya va Bolu shaharlaridan bittadan kishi jarohat olgan (jami 50). Dyuzje shahriga 10 ming dona adyol, 480 ta oilaviy turdagi, 20 ta umumiy maqsadli chodirlar yuborilgan. 10 ta mobil baza stansiyalari yo`naltirilgan.    

Zilzila sababli 23 noyabr kuni Dyuzje, Bolu, Sakarya va Zonguldak maktablarida 1 kunlik ta`tillar e`lon qilingan.  

O`zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Ichki ishlar vazirligi tabiiy ofatlar va Favqulodda vaziyatlarni boshqarish boshqarmasi va Sog`liqni saqlash vazirligi bilan bog`lanib jarohat olganlar orasida O`zbekiston fuqarolari qayd etilmaganligini aniqladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar