AsosiyDunyo

Shimoliy Koreya prezidentining singlisi Janubiy Koreya davlat rahbarini "ahmoq" deb atadi

'Shimoliy Koreya prezidentining singlisi Janubiy Koreya davlat rahbarini "ahmoq" deb atadi'ning rasmi

Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon Janubiy Koreya prezidentini "ahmoq” deb atadi. Bu haqda "Zamon.uz" "Yonhap"  agentligiga tayanib xabar berdi.

U Seulning KXDR raketa sinovlarini provokasiya sifatida baholaganiga va Pxenyanga qarshi sanksiyalarni kengaytirishga berilgan taklifga shu tariqa munosabat bildirdi.

“Bu harakatlar Janubiy Koreyaning AQSh qo`lida  qo`g`irchoq ekanini ko`rsatadi. Men janubliklarning nima uchun Yun Sok Yol va boshqa ahmoqlarning xatti-harakatlariga sust munosabat ko`rsatib kelayotganidan hayratdaman”, – degan Kim Yo Chjon.

Keyinchalik Janubiy Koreya ushbu bayonotga munosabat bildirdi. Xususan, mamlakatning birlashuv vazirligi Kim Yo Chjon so`zlaridan chuqur taassufda ekanini ma`lum qilgan.

 

    Boshqa yangiliklar