Farg`ona tumanida bedarak yo`qolgan ayolning murdasi Qirg`izistondagi beton ari ichidan topildi, deb xabar beradi Farg`ona viloyati IIB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, ayolning turmush o`rtog`i Sh.X. 22 noyabr kuni Farg`ona tumani IIBga murojaat qilib, unda «Hosilot» MFY Yakka tut ko`chasi 108-uyda birga yashovchi turmush o`rtog`i I.X. shu kuni kuni soat 03:00 larda hech bir sababsiz yashash xonadonidan noma`lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmasdan, bedarak yo`qolganini ma`lum qilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv, izlov tadbirlari davomida bedarak yo`qolgan fuqaro I.X.ning murdasi 24 noyabr kuni qo`shni Qirg`izistonning Botken viloyati, «Halmiyon» qishlog`idan oqib o`tgan beton ariqdan topilgan.
Sud tibbiy ekspertizasi tomonidan 24 noyabr kuni marhuma I.X.ga «nafas yo`llarining suv bilan to`lishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya, boshini peshona tepa sohasida lat, yara va yumshoq to`qmasiga qon quyilishlar» dastlabki tashxisi qo`yilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.