O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 25 noyabr kuni Navoiy viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Tashrif davomida xalq deputatlari viloyat kengashi yig`ilishida ishtirok etish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, yangi loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilgan.