Farg`ona va Namangan xalqaro aeroportlarining noqulay ob-havo sharoiti (tuman, ko`rishning etarli darajada emasligi) tufayli "Uzbekistan Airways HY-093" Toshkent-Namangan, HY-9801 Namangan-Perm, HY-081 Toshkent-Farg`ona, HY-339 Farg`ona-Dubay qatnovlari majburiy kechiktirilmoqda. Bu haqda kompaniya xabar bermoqda.